15 iyu 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertaga Toshkentda katta boks kechasi bo'lib o'tadi. Kechaning markaziy jang ishtirokchilari taroziga chiqishdi+VIDEO
Ertaga Toshkentning Renesance Hall (Zo'r TV) arenasida navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangida super yarim o'rta vazn toifasidagi bokschimiz Mirzakamol Nematov (7-1, 3KO) sobiq jahon chempioni Julius Indongo (23-2 12KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Jang g'olibi WBA Asia kamariga ega bo'ladi. Bugun bokschilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Har ikki bokschi ham belgilangan meyorni bajarishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar