30 mar 18:05
Yangiliklar
"Etixad" stadioni sig'imi 61 000 o'ringa etkaziladi
"SHaharliklar" futbol uchrashuvlarini o'tkazadigan maydonni raqobatchilariniki bilan tenglashtirish maqsadida 300 mln funt sarflaydi.
Rejaga binoan stadionning SHimoliy Stendi ikkinchi qavatiga yana 7700 o'rindiq joylashtiriladi. Ishlar joriy yilning noyabr oyida boshlanib, 2025/26 yilgi mavsum uchun tayyor holga keltirilishi ko'zda tutilgan.
SHuningdek, klub egalari infratuzilmani yanada yaxshilash uchun xarajatlarning umumiy miqdorini 1 milliard funtga etkazishni o'ylamoqda. Qayta qurish jarayonida kampusni yanada modernizaciya qilish uchun yangi mehmonxona, yopiq fan-park, megado'kon va muzey barpo qilinadi. SHu bilan bir qatorda, mashg'ulot maydonchalari va jamoat markazlari quriladi.
Agar qurilish rejasi tasdiqlansa, stadiondagi yangilanishlar 2025/26 yilgi mavsumgacha, boshqa binolar esa bir yildan keyin foydalanishga topshiriladi. Ushbu loyiha 2600 yangi ish o'rnini yaratishi kutilmoqda.
Fikrlar