So’nggi yangiliklar

22:15Хабаровскдаги халқаро турнир: Барча боксчиларимизда ғалаба! 1 19:42Украина терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби аниқ 0 19:21Майк Тайсон: "Ҳеч қандай сценарий йўқ, шунчаки Жейк Полни нокаут қиламан" 0 19:00Том Аспиналл камарини ўз уйидаги турнирда ҳимоя қилади 0 18:39"Ян билан жангимиз ғолиби чемпионлик учун октагонга чиқиши керак" - Вера 0 18:18ЎФА тасдиқлади. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Янги Зеландияга қарши ўйнайди 0 17:57"Мен у учун жуда йириклик қиламан" - Масвидаль Конор Макгрегор ҳақида 0 17:36Александр Усик 40 ёшгача жанг қилмоқчи 0 17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0

12 may 20:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Etti nafar bokschimiz finalda, ikki nafarida esa bronza! Jahon chempionatining yarim final janglari yakunlandi

Bugun jahon chempionatining o'n ikkinchi kunidan o'rin olgan janglar bo'lib o'tdi.

Kun davomida 9 nafar bokschimiz final yo'lida ringga ko'tarildi:

Kunduzgi dasturda:

1. -54 kg: Oybek Jo'raev - Dmitriy Dvali (Rossiya), (Hakamlar qarori bilan, 5:2)

2. -67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Misheelt Battumur (Mo'g'uliston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 5:0) 

3. -75 kg: Aloxon Abdullaev - Vanderley Pereyra (Braziliya), (Hakamlar qarori bilan, 1:4)

4. -92 kg Lazizbek Mullojonov - Muslim Gajimagomedov (Rossiya), (Hakamlar qarori bilan, 1:4).

Kechgi dasturda:

5. -51 kg: Hasanboy Do'smatov - Martin Molina (Ispaniya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 5:0) 

6. -57 kg: Abdumalik Xalokov - Munarbek Seitbek Uulu (Qirg'iziston), (1-raund, KO-TKO) 

7. -63,5 kg: Ruslan Abdullaev - Xovanec Bachkov (Armaniston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 5:0)

8. -71 kg: Saidjamshid Jafarov - Vanderson De-Oliveyra (Braziliya), (Hakamlar qarori bilan, 4:1)

9. +92 kg: Bahodir Jalolov - Ayub Gadfa Drissi (Ispaniya), (Raqib jarohat sabab ringga chiqmadi).

SHunday qilib, to'qqiz nafar bokschimizdan etti nafari finalga yo'l oldi, ikki nafari esa bronza bilan cheklandi. Ertaga esa chempionatning final janglari start oladi. Olamsport.com saytini kuzatishda davom eting!

MATNLI TRANSLYACIYA

20:50. Jahon chempionatining bugungi kuni ham o'z yakuniga etdi. Bugungi kun doirasida turnirning yarim final bahslari bo'lib o'tdi, unda etti nafar vakilimiz g'alaba qozonib, finalga yo'l olgan bo'lsa, ikki nafari bronza bilan cheklanadigan bo'ldi. Ertaga musobaqaning ilk final janglari start oladi.

19:55. Saidjamshid Jafarov 4:1 hisobida braziliyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va jahon chempionatining finaliga yo'l oldi. Bu o'zbek bokschilari orasidagi ettinchi final yo'llanmasi bo'ldi.

19:49. Ikkinchi raundd Saidjamshid Jafarov hisobni 5:0 ko'rinishiga keltirdi, umumiy hisob esa 3:0 ko'rinishida.

19:44. Saidjamshid ishtirokidagi jangning ilk raundi yakunlandi. Hisob 3:2, "Jimmi" foydasiga)

19:25. Yana bitta jangdan so'ng Saidjamshid Jafarov ringga ko'tariladi.




19:01. Ruslan Abdullaev Ovannes Bachkovni 5:0 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l oldi va bu sensaciya emasligini isbotladi!

18:55. Jangning ikkinchi raundida ham hisob o'zgarmadi, bundan tashqari, Ruslan ushbu raundda Bachkovni nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi. Ajoyib)

18:52. Birinchi raunddan so'ng hisob 5:0, Ruslan oldinda.

Ruslan Abdullaev jangi boshlanmoqda.





18:42. Nima bo'lganini ham tushunmay qolgan lahzamda Abdumalik Xalokov raqibini muddatidan oldin engib qo'ya qoldi. Bizda jahon chempionatining beshinchi final yo'llanmasi, azizlar!

18:34. Navbat Abdumalikka!




18:33. Hasanboy Do'smatov ispaniyalik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l oldi. U to'rtinchi finalchimiz.

18:28. Ikkinchi raundda ham hisob o'zgarmadi.

18:24. Ilk raunddan so'ng hisob 5:0, Hasanboy tomonga.

18:18. Hasanboy Do'smatov jangi boshlanmoqda.

18:13. Yana bir necha daqiqalardan keyin Hasanboy Do'smatov, undan keyin esa Abdumalik Xalokov ishtirokidagi jang boshlanadi.

17:40. Kunduzgi dastur janglari yakunlandi, 20 daqiqalik tanaffus elon qilindi arenada.




17:28. Afsuski, bizda ikkinchi bronza! Lazizbek Mullojonov uchinchi raundni faol o'tkazgan bo'lsa-da, bu faollik umumiy hisobga tasir qilmadi. Nima bo'lganda ham, Lazizbekni bronza medali bilan tabriklaymiz!

17:23. Jangning ikkinchi raundidan so'ng ham hisob o'zgarmadi.

17:18. Ilk raund yakunlandi, Gajimagomedovning kichik ustunligida o'tgan raundda hisob ham shunga yarasha bo'ldi, 2:3, ortdamiz!

17:15. Jang boshlandi.

17:06. Yana bir necha daqiqalardan so'ng Lazizbek Mullojonov rossiyalik Muslim Gajimagomedovga qarshi ringga ko'tariladi.




16:20. Aloxon Abdullaev to'liq davom etgan jangda braziliyalik Vanderley Pereyraga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. 19 yoshli hamyurtimiz o'zi uchun ilk jahon chempionatida bronza medali hamda 50 000 $ mukofot puli hamda eng asosiysi — muxlislar mehrini qo'lga kiritdi. Hamyurtimizni bu bilan tabriklagan holda keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!

16:14. Jangning ikkinchi raundida hisob bu safar Pereyra tomonga o'tdi, umumiy hisob 1:1.

16:10. Aloxon Abdullaev ishtirokidagi jangning ilk raundi yakunlandi. Yashxi raund o'tkazdi vakilimiz, nisbatan ko'p zarba bizda bo'ldi, hisob 3:2, Abdullaev oldinda.

Navbat Aloxonga!




16:04. Jang yakunlandi, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev JCH yarim finalida mo'g'ulistonlik Misheelt Battumirni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

15:57. Ikkinchi raund ham ortda qoldi, 5:0 hisobi o'zgarmadi.

15:53. Birinchi raund yakunlandi, Asadxo'ja o'ziga ishongan holda chiroyli jang qilmoqda. Hisob 5:0, Mo'ydinxo'jaev foydasiga.

15:48. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevning Misheelt Battumurga qarshi jangi boshlanmoqda.

15:33. Yana bitta jangdan so'ng Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev, undan keyin esa Aloxon Abdullaev ringga ko'tariladi.

15:30. CHorak finalda Mujibilloni musobaqadan chiqarib yuborgan rossiyalik Vsevolod SHumkov yarim final jangida franciyalik Sofiyan Omiyaga mag'lub bo'ldi.




14:54. Oybek Jo'raev rossiyalik Dmitri Dvalini 5:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Kun ajoyib boshlandi.

14:47. Jangning ikkinchi raundi ham o'z nihoyasiga etdi. Bu raundni Oybek 3:2 hisobida o'ziniki qildi.

14:43. Ilk raund yakunlandi va unda 4:1 hisobida Oybek ustun keldi!

14:35. Navbat Oybekka!

14:34. Kun doirasidagi ikkinchi jangda yana bir qozog'istonlik bokschi - Maxmud Sabirxan (-54 kg) kubalik Soto Veytiyani 5:0 hisobida mag'lub etdi, Oybek o'z jangida g'alaba qozongan taqdirda Sabirxan bilan to'qnash keladi.

14:18. Ilk jangda qozog'istonlik Sanjar Tashkenbay (-48 kg) rossiyalik Edmond Xudoyanni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan holda finalga yo'l oldi!

14:04. Bugungi kundan o'rin olgan janglarga start berildi.





14:00. Assalomu alaykum, qadrli boks muxlislari. Bugun Toshkentda davom etayotgan boks bo'yicha jahon chempionatining yarim final janglari bo'lib o'tadi. Ayni damda kunduzgi dasturdan o'rin olgan janglarga start berilgan. Taxminan 45 daqiqadan so'ng Oybek Jo'raev final yo'lida rossiyalik raqibiga qarshi ringga chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

+4   
12 may 20:51:32
Iymon
Баходирнинг финалда чиққанини бутун дунё билди лекин Узрепортнинг ахмоқ журналисти жангни кутиб ўтирибди! Чумо.....
+3   
12 may 21:51:40
CHELSEA2211
Iymon foydalanuvchining fikriga javob berish
Баходирнинг финалда чиққанини бутун дунё билди лекин Узрепортнинг ахмоқ журналисти жангни кутиб ўтирибди! Чумо.....
Gapdiyam yordiz... Kulib ichagim uzildi...
+3   
12 may 21:50:47
CHELSEA2211
Iymon foydalanuvchining fikriga javob berish
Баходирнинг финалда чиққанини бутун дунё билди лекин Узрепортнинг ахмоқ журналисти жангни кутиб ўтирибди! Чумо.....
Gapdiyam yordiz...????????????
+2   
12 may 20:16:28
SPRINTERshashist
Сайт жуда суст. Нега бошка жанг натижалари онлайн курсатиб ёзиб бормаяпсиз. Осонку хаммаси тошкент да буляпти
+2   
12 may 16:30:25
TOKIO-2020
Boks foydalanuvchining fikriga javob berish
Manimcha bir ikki raundni oluvdi, boshqa bir vazndagi oybek jorayevdan aloxon ancha yaxshi jang otqazdi
7та чиқса керак финалга.
+2   
12 may 16:22:03
TOKIO-2020
Алохон тоза ютқазди. Рақиб кучли экан. Яна бир йўқотиш.
+1   
12 may 20:26:37
Analitik
SPRINTERshashist foydalanuvchining fikriga javob berish
Козокларни спорт.кз сайти Абдумалик Халаковни темасига узбекский провокатор деб ном куйибди. Уят козок журналистлари Уят сизларга расмий сайтда хам Кайсидир спортчини шунака ном куясанларми? Узларини Сакен Бибосинов Гирт маймун стилини курсатяпти шу маймунча огизларни ликкилатишни Ташкенбай хам киляпти
Bu saytni kuzatib balo bormi va bu saytga etibor berib balo bormi prosto ZAVISTku bu
+1   
12 may 20:02:10
Jonny
TOKIO-2020 foydalanuvchining fikriga javob berish
7та чиқса керак финалга.
Qoyil topibsiz ????
+1   
12 may 19:29:20
Sheroz Abdumalikov
Xumoda uzbeladan kora qozola kop. Nma uzbelaga bilet sotishmayapdimi
+1   
12 may 19:13:16
SPRINTERshashist
Козокларни спорт.кз сайти Абдумалик Халаковни темасига узбекский провокатор деб ном куйибди. Уят козок журналистлари Уят сизларга расмий сайтда хам Кайсидир спортчини шунака ном куясанларми? Узларини Сакен Бибосинов Гирт маймун стилини курсатяпти шу маймунча огизларни ликкилатишни Ташкенбай хам киляпти
+1   
12 may 18:38:03
SPRINTERshashist
Жим житку . Пуллик буладими. Хамма жим
+1   
12 may 16:54:40
Boks
TOKIO-2020 foydalanuvchining fikriga javob berish
63.5 да чиқадиган боксчимизни рақиби Бачков ҳам жуда кучли боксчи. Нима бўлганда ҳам омад тилайман. Иншооллох ғалаба бизники бўлади. қолганлар ҳаммаси чиқади финалга.
Ruslan abdullayevni kardiosi ancha yaxshi ekan, termadagi eng yaxshi bolishiham mumkin, 3 raund bir hil tempda urshivotdi
+1   
12 may 16:49:38
TOKIO-2020
Sheroz Abdumalikov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ne xumoda hch km yo . Tekn bop turganda balet qp turishardi uzbelani ex ochlar
Нархлар қиммат 130 000-300 000 гача
+1   
12 may 16:47:25
Tursun Ganiev
Oybek malades gap yo'q. Chempion bo‘ladi nasib qilasa. Negativlar kerak emas. Duo qilish kerak. Olg'a O'zbekiston.
   
13 may 00:07:10
SPRINTERshashist
Жураев канака килиб финалга чикди нормальный удар килмаяптику. Муллажоновга хакамлар гирромлик килишди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing