16 jan 10:52
Yangiliklar
Etti vaznda jahon chempioni Kayla Xarrisonni almashtirishga tayyor
Buning natijasida uzoq muddatdan so'ng faoliyatini qayta tiklayotgan sobiq ikki vazn UFC chempioni Amanda Nunes raqibasiz qolgan edi. Boks bo'yicha etti vazn toifasida jahon chempioni Amanda Serrano Kayla Xarrisonni almashtirishga tayyorligini malum qildi.
"Men chaqiruvni mamnuniyat bilan qabul qilgan bo'lardim, chunki hali ham formadaman. Umid qilamanki, chempion tezda tiklanib, safga qaytadi", - deb yozdi yarim engil vazn toifasida WBO va WBA chempionlik kamarlariga egalik qilayotgan Serrano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Malumot uchun, Puerto-rikolik 37 yoshli Serrano professional MMAda uchta jang o'tkazgan. 2018 yilda u boshqa debyutant Korina Errera bilan durang qayd etgan va keyin ikki jangida raqibalarini birinchi raunddayoq bo'0ib qo'ygan edi.
SHubhasiz, UFC o'z turniriga chetdan jangchini taklif qilmaydi, chunki Serranoning promouteri Dana Uaytga qarshi tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan Jeyk Pol hisoblanadi.

Fikrlar