28 avg 18:20
Yangiliklar
Evander Xolifild: "Jang juda qiziqarli bo'lishi aniq"
SHuningdek, u Usik va Tayson Fyuri o'rtasidagi ehtimoliy jangni kutayotganini aytdi.
"Joshuada benzin tugab qolganga o'xshaydi. Menimcha, dastlabki olti raund teng kurashlar ostida kechdi. Joshua Usikni mag'lub qildim deb o'yladi. Lekin yakunda bunday bo'lmadi.
Usik juda iqtidorli bokschi. Boksda asosiysi to'xtab qolmaslik. Bo'yi past yigitlar tezkor zarbalar beradi, ular ancha yaxshi harakat qiladi. Agar siz yaxshi jangchi bo'lsangiz, kuchli zarbaga ega pancherdan ko'ra ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lasiz.
Fyuri uzoq masofada ham, yaqin masofadan ham yaxshi jang qilishini isbotlagan. Uning tajribasi bor. O'ylaymanki, jang ikkala bokschi uchun ham qiyin bo'ladi. Yana kim bilsin. Usik bilan jang qilish uchun oldin yaxshi tayyorgarlik ko'rish kerak. Jang kiyin, lekin juda qiziqarli bo'lishi aniq", - dedi Xolifild.
Fikrlar