02 may 07:38
Yangiliklar
Futbol

Evropa Ligasi. MYU safarda "Atletik"ni yirik hisobda engdi, "Tottenxem" esa "Bude-Glimt"ni mag'lub etdi + VIDEO
Kecha oqshom Evropa Ligasi 1/2 final bosqichining dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
"San Mames" stadionida o'tkazilgan bahsning 35-daqiqasida mezbonlar vakili Vivian Xoylundga nisbatan ishlatgan foli uchun qizil kartochka oldi. "Qizil iblislar" ushbu bahsda yirik 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi. "Manchester Yunayted" "Old Trafford"da o'tadigan bahsdan avval katta ustunlikka ega bo'lib oldi.
"Tottenxem" ham raqib darvozasini uch bora ishg'ol qildi, ammo norvegiyaliklar ham bu gollarga bir bor javob qaytarishga muvaffaq bo'lishdi. Javob o'yinlari 8 may kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar