12 iyu 10:45
Yangiliklar
Sport kurashlari

Evropa va Osiyo chempioni Ilyas Bekbulatov faoliyatini yakunladimi?
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Ilyas Bekbulatov karerasi bo'yicha bir qarorga kelgan ko'rinadi.
74 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Evropa va Osiyo chempioni endilikda avvalgidek musobaqalarda ishtirok etish xohishi yo'q ekanini aytdi.
"Gilamga qaytish istagim yo'q. Xohish yo'q. Olimpiadada esa endi aniq qatnashmayman. Olimpiada mavzusi endi yopiq. Balki qandaydir turnirlarda qatnasharman. Balki murabbiylik ham qilarman", deydi Bekbulatov.
Malumot uchun, erkin kurash bo'yicha 74 kg vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasida uch nafar taniqli sportchi mavjud, bular: Bekzod Abdurahmonov, Razambek Jamalov va Ilyas Bekbulatov.
Havola :
Manba : t.me/UWW_UZB
O’xshash yangiliklar
09:20
Rustam Assakalov yunon-rum kurashchilarimizning U-23 Osiyo chempionati uchun tarkibini elon qildi 0
Fikrlar