So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

31 avg 18:50
Yangiliklar

Taekvondo

Evropa yaqin vaqt ichida taekvondochilar uchun Olimpiada saralashini tashkil eta olmaydi

Teglar :  Taekvondo
Evropa Butunjahon taekvondo (WTE) federaciyasi yaqin vaqt ichida Tokio-2020 Olimpiadasi uchun qitaning saralash turnirini tashkil etishning iloji yo'qligini elon qildi.

Tadbir koronavirus pandemiyasi sabab ikki marta qoldirildi va hozircha yangi sana va joy tasdiqlanmagan.

Avvaliga Italiyaning Milan shahri 17-19 aprel kunlari mezbon sifatida maydonga tushishi kerak edi, ammo keyinroq saralash Rossiya poytaxti Moskvada o'tishi elon qilindi. Ushbu musobaqa 16-18 aprel kunlariga belgilandi, ammo qayta tashkil etilgan tadbir ham to'xtatildi. Keyinroq Tokio-2020 keyingi yilga ko'chirildi. 

"2021 yilgi Olimpiada oldidan eng muhim voqea bu Evropa saralash turniri. Taekvondo Evropa uchun bu barcha azolarning Olimpiadaga kvotalar olish uchun o'zlarining jamoalarini ushbu muhim tadbirga yuborishlari eng muhimi. Hozirda COVID-19 holati tufayli ushbu tadbirni qisqa vaqt ichida tashkil etishning imkoni yo'q. Yangiliklar paydo bo'lishi bilanoq Evropa taekvondo federaciyasi bu haqda o'zining ijtimoiy sahifalari va rasmiy veb-saytida xabar beradi", - deyiladi WTE bayonotida.

Butunjahon taekvondo prezidenti CHungvon CHoy may oyida Evropa va Osiyo saralash bosqichi 2020 yilda bo'lib o'tishiga umid qilishini aytgan edi.

Osiyo qitasi saralash bahslari avval boshida Xitoyning Usi shahrida bo'lib o'tishi kerak edi. Keyinroq musobaqa Iordaniya poytaxti Ammanga ko'chirilgandi. Afrika, Okeaniya va Amerika qitalari uchun saralash bahslari bo'lib o'tgan. 

"Osiyo va Evropadagi sportchilarimizga, Siz bu yil saralashda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lasiz degan umiddamiz", - dedi CHoy Butunjahon taekvondoning 47 yilligi munosabati bilan yo'llagan xabarida.

O'zbekiston taekvondo WT Associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing