10 iyu 13:49
Yangiliklar
Futbol
Fabio Kannavaro: "O'zbekistonliklarga aytadigan gapimiz shu..."
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Atlantaga etib kelishi bilan FIFA va O'FAga intervyu berdi.
“JCHda ishtirok etish har bir insonning orzusi. Nihoyat Atlantadamiz. Mashg'ulotlarni boshlashni, o'yinlar o'tkazishni va bu jarayondan zavqlanishni sabrsizlik bilan kutyapman. Odatda JCHga tayyorgarlik ko'rish oson bo'lmaydi, turli kichik muammolar bo'ladi. Biz eng yaxshi holatda bo'lish uchun harakat qildik. Birinchi o'yin juda yaqin, unga tayyor bo'lish uchun kerak bo'lgan barcha ishni bajaryapmiz.
O'zbekistonliklarga aytadigan gapimiz shu: Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz, oxirgi kuchimizgacha kurashamiz. CHunki qaerda bo'lishimizdan qatiy nazar o'zbekistonliklar biz bilan faxrlanishini xohlaymiz” - dedi Kannavaro.

Havola :
Fikrlar