12 fev 08:04
Yangiliklar
Fair Fight 16. Bugun Tifiev va Mamazulunov ringga chiqadi + FOTO
Ushbu kikboksing oqshomida ikki hamyurtimiz SHer Mamazulunov hamda Mavlud Tifiev ham o'z janglarini o'tkazishadi. Kecha esa ularning har ikkisi ham tarozidan o'tish marosimida ishtirok etib, belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Mavlud Tifiev (43-13-2) rossiyalik Kyamran Nabati (10-0), -84 kg vazn toifasida kikboksingchimiz SHer Mamazulunov (15-6) esa yana bir mezbon yakkakurash ustasi Sergey Ponomaryovga qarshi jang o'tkazadi. Ushbu jang Fair Fight ligasining vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi.
Aslida Ponomaryov bilan liga chempioni Andrey CHekxonin (30-6-1) uchrashishi kerak edi. Ammo, nomalum sabablarga ko'ra, liga CHekxonin ushbu jangga chiqa olmasligini malum qildi hamda tezkorlik bilan Ponomaryovga qarshi Mamazulunov jang qilishini elon qildi.
SHer Mamazulunov Fair Fight ligasining faxriy jangchisi. U 2017 yilda tashkilotda jang qilgan va -77 kg vazn toifasida chempion bo'lgan. Keyinroq -84 kg vazn toifasiga qaytgan, ushbu divizionda WTKF chempioni bo'lgan va TNA finalida ikki bor g'alaba qozongan.
Fikrlar