08 mar 08:59
Yangiliklar
Taekvondo
"Fajr Open". Osipovadan oltin medal, u musobaqaning eng yaxshi sportchisi bo'ldi
Kecha "Fajr Open" xalqaro musobaqasining ikkinchi kungi bahslari bo'lib o'tdi.
O'zbekiston terma jamoasi azosi Svetlana Osipova +73kg vazn toifasida barcha raqibalarini mag'lub etib finalga chiqdi. Hal qiluvchi bahsda hamyurtimiz eronlik Zaxra Pouresmailkaranini 4:0 hisobda yutdi va oltin medalga ega chiqdi.
6 mart kuni ushbu musobaqada o'zbekistonlik taekvondochilar CHaros Qayumova va Ozoda Sobirjonova kumush medalni qo'lga kiritishgandi.
Havola :
Fikrlar