24 sen 13:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Faoliyatini deyarli yakunlagan Bobur Qurbonov UFC sobiq jangchisi bilan to'qnash keladi (POSTER)
31 oktyabr kuni Rossiya Federaciyasining Moskva shahrida qo'lqopsiz janglar bo'yicha IBA Bare Knuckle II turniri o'tkaziladi.
Musobaqada o'zbekistonlik MMA Series Ligasi sobiq chempioni Bobur Qurbonov ham ishtirok etadi. Unga rossiyalik UFC sobiq jangchisi Denis Tyulyulin raqib bo'ladi.
Jang professional qo'lqopsiz janglari qoidasi bo'yicha o'tkaziladi (2 daqiqadan 3 raund).
Tyulyulin 3 avgust kuni Abu-Dabidagi UFC turniri doirasida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevdan engilgan amerikalik Sedrik Dyumaga mag'lub bo'lib, UFC'ni tark etgandi.
Bobur Qurbonov esa oxirgi jangini o'tgan yilning dekabr oyida Hardcore FC Ligasida gruziyalik Tornike Svanidzega qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : Vestnik MMA
Fikrlar