17 iyu 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Faoliyatini yakunlagan Joze Aldo UFC ro'yxatidan o'chirildi
UFC Roster Watch yarimengil vaznning sobiq chempioni, SHon-shuhrat zali azosi Joze Aldo endi tashkilot jangchisi emasligi haqida xabar berdi.
Aldo so'nggi bor 11 may kuni Kanadaning Monreal shahrida bo'lib o'tgan UFC 315 turniri doirasida Aymann Zahabiga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi. U butun faoliyati davomida 42 ta jang o'tkazib, 32 g'alaba va 10 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Aldo UFC'dagi debyutini 2011 yil aprel oyida o'tkazgandi.
Havola :
Manba : UFC Roster
Fikrlar