So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

17 fev 10:21
Yangiliklar

Dzyudo

Farg'ona viloyati chempionatida sodir bo'lgan ko'ngilsiz holat yuzasidan rasmiy bayonot

Teglar :  DzyudoFarg'ona
12-14 fevral kunlari Farg'ona viloyati Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sport majmuasida dzyudo bo'yicha 2000-2001 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida viloyat chempionati bo'lib o'tgandi.

Ushbu musobaqa O'zbekiston dzyudo federaciyasi Farg'ona viloyati bo'limi va Farg'ona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati rahbariyati bilan kelishilgan, Farg'ona viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etilgan edi.

Viloyat birinchiligi davomida musobaqa ishtirokchilari - 2000 yilda tug'ilgan K.T. va 2002 yilda tug'ilgan J.X. o'rtasida o'zaro nizo kelib chiqqan va buning natijasida ommaviy kelishmovchilik yuz bergan.

Hozirda ushbu xolat yuzasidan Farg'ona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 16 fevral kuni O'zbekiston dzyudo federaciyasi Bosh kotibi v.v.b. B.Akramov va federaciyaning mutasaddi xodimlari hamda Farg'ona shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida ommaviy mojaroni keltirib chiqargan shaxslar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Xuquqni muhofaza qilish organlari tomonidan yuqoridagi xolat yuzasidan surishtiruv ishlari yakunlanganidan so'ng, O'zbekiston dzyudo federaciyasi va Xalqaro dzyudo federaciyasining tartib-intizom va etika qoidalari asosida aybdorlarga sport faoliyati bilan bog'liq bo'lgan tegishli choralar ko'riladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing