30 iyu 07:39
Yangiliklar
Farruh Qilichev Ro'zmetovning mag'lubiyatiga nima sabab bo'lgani haqida gapirdi
Kuni kecha hakamlarning nohaqligi tufayli oltin medal kutayotgan bokschilarimizdan biri Mirazizbek Mirzahalilov o'z yurishini to'xtatdi. Undan tashqari, yana bir umidli vakilimiz Dilshodbek Ro'zmetov o'zi uchun tanish bo'lgan raqib Alfonso Domingesga imkoniyatni boy berdi. To'g'ri, Ro'zmetov biroz bo'shashdi. Ammo dastlabki raund hamyurtimizning ustunligida o'tgan edi. SHunga qaramay, hakamlar birinchi raundda ozarbayjonlikning g'alabasini taminladi. Kecha esa Fanat Qahramonov ham Olimpiadani tark etdi. Saytimiz muxbiri terma jamoamiz murabbiyi Farruh Qilichev bilan bog'landi hamda Dilshodning mag'lubiyatiga nima sabab bo'lganligiga qiziqdi.
"Dilshod kuchli edi, buni ko'rsatdi ham. Birinchi raundni yutdi, lekin 3:2 hisobida raqibining g'alabasi ko'rsatilyapti. Dilshod yutqazyapsan, ishlash kerak dedim. Ro'zmetovning psixologiyasi buzildi, engishim kerak deb oldinga bordi, biroq zarba o'tkazib yubora boshladi va mag'lub bo'ldi", - deya izoh berdi Qilichev shogirdining mag'lubiyatiga.
Muxbirimiz murabbiyga har raund so'ngida hisobning ko'rsatilishi bokschilarning ruhiyatiga qanday tasir o'tkazmoqda mazmunidagi savol bilan murojaat qildi.
"Har raundda hisob ko'rstilmasa, yutayapman deb o'ylasa, bu ham yaxshi emas.
Mirazizning jangiga keladigan bo'lsak, barcha raundlarni u yutgan edi. Bu jang uniki edi. Endi qolgan bokschilarimizning kayfiyatini ko'tarishga qo'ldan kelgancha harakat qilyapmiz", - dedi Farruh Qilichev.
Sarvinoz Raxmonqulova suhbatlashdi
Fikrlar