10 dek 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Farzona Fozilova - Osiyo chempioni!
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun musobaqada ayollar o'rtasidagi final bahslari o'tkazilyapti.
CHempionatda -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Farzona Fozilova finalda Vetnam vakilasi Lin CHi Ngoga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Farzona 4:1 hisobida g'alaba qozonib, kattalar o'rtasidagi Osiyo chempioniga aylandi.
Malumot uchun, bugun yana 6 nafar bokschi qizimiz finalda jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar