26 may 19:40
Yangiliklar
Dzyudo
Faxriylarimiz Moskvadagi nufuzli musobaqada ishtirok etishadi
26-28 may kunlari Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida dzyudo bo'yicha faxriylar o'rtasida ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tadi.
Ichki ishlar hamda policiya xodimlari o'rtasida o'tkazib kelinayotgan ushbu musobaqa o'z tarixida 17-marotaba tashkil etilyapti. "Megasport" sport majmuasi mezbonlik qilayotgan ushbu xalqaro turnirda Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyati yuritib kelayotgan O'zbekiston faxriylar terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Xalqaro turnir har yili may oyida o'z vazifasini ado etish chog'ida halok bo'lgan tizim xodimlari xotirasiga bag'ishlab o'tkazib kelinadi.
Musobaqada mezbonlardan tashqari Belarus, Turkiya, BAA, Armaniston, Qirg'iziston, Tojikiston, Qozog'iston kabi davlatlardan faxriy dzyudochilar medallar uchun bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar