10 dek 20:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Fazliddin Erkinboev va Saidjamshid Jafarov ishtirokidagi jang yakunlandi
Dubay shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqada -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fazliddin Erkinboev Ozarbayjon nomidan JCHda qatnashayotgan hamyurtimiz Saidjamshid Jafarovga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda Fazliddin Erkinboev 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. U jang mobaynida Jafarovni nokdaun holatiga ham solib qo'ya oldi.
Malumot uchun, Fazliddin chorak finalga qadar Qirg'iz Respublikasi va Armaniston bokschilarini mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi Erkinboev yarim finalda Qozog'iston yoki Isroil mamlakati bokschilaridan biriga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar