22 okt 12:06
Yangiliklar

Fazliddin G'oibnazarov yil oxirigacha yana bitta jang o'tkazadi
Hamyurtimiz 8 raundga mo'ljallangan jangda amerikalik Uilbert Lopesni ikkinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi. Fazliddin yil so'nggiga qadar yana bitta jang o'tkazishni rejalashtiryapti. Biz G'oibnazarov bilan bog'langanimizda, u bu haqda shunday dedi.
"Meni qo'llab-quvvatlab, duo qilganlar o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Nasib qilsa, yil oxirigacha yana bitta jang o'tkazaman. Bir haftalardan so'ng bo'lajak jangdagi raqib malum bo'lishi kerak. SHundan so'ng Yangi yil bayramini o'tkazish uchun O'zbekistonga qaytaman", - dedi olamsport.com saytiga bergan intervyusida G'oibnazarov.
Malumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasini o'z foydasiga hal qilgan. Janglarning 3 tasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Fikrlar