21 iyu 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning jangi bekor qilindi
Prof bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov (9-1, 5 KO) 26 iyun kuni AQSHda Kuington Randall (8-0, 2 KO) ga qarshi ringga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Afsuski, jang bekor qilindi. Bu haqda bokschimizning raqibi Instagram sahifasida malum qildi.
"Afsuski, biz hozirgina Fazliddin G'oibnazarovning O'zbekistondan vizani o'z vaqtida olib kela olmasligini bildik. Kechirasiz, bolalar, menejer bilan gaplashganimizdan so'ng raqib izlanmoqda", - deya "stories" qoldirdi Kuington.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Bu muammolarni mutassaddila yordam qilib ko‘tarishsa yaxshi bo‘lardi
Qudratillo Abduqahhorovdayam shu muammoni eshtgandi