17 fev 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning navbatdagi jang sanasi malum
Rio Olimpiadasi chempioni, professional bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini qachon o'tkazishi malum bo'ldi.
Bu haqida bokschimiz Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda malum qildi. Unga ko'ra, hamyurtimiz 28 mart kuni Qozog'istonda tashkil etiladigan jang oqshomida ringga ko'tariladi.
"Oldimda ikkita variant bor edi. Qozog'istonda va Amerikada. AQSHdagi jang oqshomi ramazon oyiga to'g'ri kelar ekan. SHu sababli, 28 mart kuni Qozog'istonda tashkil etiladigan jang oqshomini tanladim.
Promouterlar? Haliyam "Top Rank" bilan ishlayapman. Oldinda ulkan rejalar bor", - dedi Fazliddin G'oibnazarov.
Eslatib o'tamiz, Fazliddin G'oibnazarov 2019 yilning 16 dekabrida Almati shahrida ukrainalik Vladislav Baranovga qarshi jang qilgan va raqibini bir yarim daqiqa ichida nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar