So’nggi yangiliklar

17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0

28 noy 17:01
Yangiliklar

Dzyudo

Federaciya mutasaddilari Qashqadaryo dzyudosi bilan tanishishdi

Teglar :  DzyudoQashqadaryo
O'zbekiston dzyudo federaciyasi rais o'rinbosari SHoatxam Isroilov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi rejalar, mavjud kamchiliklar va muammolar bilan tanishish maqsadida vohaga safar uyushtirdi.

Xabaringiz bor, yaqinda prezidentimiz SHavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, pandemiya sharoitiga qaramay, iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirish, odamlar hayotini yaxshilash, hududlarda yangi korxonalar, turar joylar bunyod etilishi bilan yaqindan tanishgan edi. Davlatimiz rahbari tashrif doirasida viloyat sportchilari bilan ham uchrashgan, mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalarni bergan edi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi maxsus ishchi guruhi viloyatdagi dzyudo sport turining bugungi ahvoli, sport zallaridagi holat bilan yaqindan tanishishdi. Viloyatning CHiroqchi, Yakkabog', SHahrisabz, Kogon, Muborak tumanlarida qo'shimcha sekciyalar ochish, mavjudlarining faoliyatini takomillashtirish, istedodlarni aniqlash maqsadida imkon qadar ko'proq viloyat miqyosidagi musobaqalarni o'tkazish taklifi berildi.

Takliflarning amaliy tasdig'i sifatida 3-5 dekabr kunlari Yakkabog' tumanida maktab yoshidagi bolalar o'rtasida musobaqa o'tkazishga kelishib olindi.    

Malumot uchun, bugungi kunda Qarshi shahrida 6 ta, Koson tumanida 4 ta, SHaxrisabzda 3 ta, Qarshi, Dehqonobod, Yakkabog', Kitob tumanlarida 2 ta, Qamashi, G'uzor, Muborak va Nishon tumanlarida 1 tadan dzyudo zallari faoliyat yuritmoqda.

Kamoliddin Rasulov, Bahrom Rajabov, Maruf Hidirov, Nodir Hurramov, Farangiz Xolmurodova singari dzyudochilar kattalar va yoshlar terma jamoasi azolari hisoblanadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing