24 apr 10:51
Yangiliklar

Federaciya rahbari Osiyo chempionati oldidan dzyudochilar bilan uchrashdi
Uchinchi kundirki, terma jamoamiz azolari Bangkokda qita birinchiligiga tayyorgarlikni davom ettirishyapti. O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov nufuzli musobaqa oldida turgan murabbiy va dzyudochilarimiz bilan uchrashdi.
Do'stona va juda iliq tarzda o'tgan uchrashuvda federaciya rahbari sportchilarimizga g'alaba yor bo'lishini tilagan holda, xalqimiz ulardan yangi marralarni zabt etishini kutayotganini aytdi.
"Ishonchim komil, sizlar biz va xalqimiz kutayotgan natijaga erisha olasizlar. Sizlarda chempionlik xarakteri va ruhiyati bor", - dedi A.Kamilov.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi psixologi Lola Agzamova terma jamoamiz tarkibida yosh dzyudochilar ko'p bo'lishiga qaramay, ular Osiyo chempionatiga tayyor ekanini urg'uladi.
O'z o'rnida sportchi va murabbiylarimiz ham bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilishlarini malum qilishdi.
Fikrlar