So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

03 may 18:21
Yangiliklar

Dzyudo

Federaciyada hisobot-saylov konferenciyasi o'tkazildi

Bugun O'zbekiston dzyudo federaciyasida hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, viloyat federaciyalari mutasaddilari va murabbiylar ishtirok etishdi. 

Konferenciya kun tartibidan federaciya raisi hamda o'rinbosarlari, qo'mimta azolarini saylash, shuningdek, sportchilarimizning joriy yil hisobidan o'tkaziladigan nufuzli musobaqalarga tayyorgarligi kabi masalalar o'rin olgan edi. 

Yig'ilishning asosiy qismida lavozimlarga tayinlovlar bo'lib o'tdi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov o'z lavozimiga qayta saylandi. Federaciya bosh kotibi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Doniyor Ilxamov rasman ushbu lavozimga tasdiqlandi. 

Armen Bogdasarov, Bekzod To'raboev, Zafar Mamajonov, SHoatxam Isroilov va Bobur SHodiev federaciya raisi o'rinbosari etib tayinlandi. 

Nomlari keltirilgan rais o'rinbosarlari, shuningdek, federaciya bosh kotibi Doniyor Ilxamov, hakamlar qo'mitasi raisi Nag'monjon Mirzarahmonov, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Farhod To'raev, rais yordamchisi Ulug'bek Buxarov, xalqaro toifadagi hakamlar Vyacheslav Pereteyko va Ramziddin Saidov O'zbekiston dzyudo federaciyasi ijroiya qo'mitasi azoligiga saylanishdi. 

Konferenciyada so'zga chiqqan Farhod To'raev terma jamoamiz dzyudochilarining yaqindagina BAAda o'tgan Osiyo chempionati hamda boshqa licenzion musobaqalardagi ishtiroki, shu yil dzyudo vatani - Yaponiya mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarligi xususida malumot berdi. 

Takidlash joiz, Abu-Dabi shahrida o'tgan Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgan holda Osiyo va Okeaniyaning 40 ishtirokchi davlati orasida 6-o'rinni band etgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing