06 okt 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko Aleksandr Emelyanenkoning "vyzov"iga javob berdi
Rossiyalik afsonaviy MMA jangchisi Fedor Emelyanenko ukasi Aleksandr Emelyanenkoning so'zlariga javob berdi.
Aleksandr akasi bilan jang qilish niyatida ekanligini bildirgandi.
"Aleksandr adashib qoldi. U bilan bo'layotgan bu ishlardan juda afsusdaman. U o'zini hudojo'y qilib ko'rsatsa ham, aslida unday emas. Uning chaqiruvi meni ajablantirdimi? Oxirgi harakatlari va o'zining bunday tutishidan keyin - yo'q!
Bizning jangimiz hech qachon o'tkazilmasdi, o'tkazilmaydi ham. Ushbu mavzuni davom ettirishning o'zi aqlsizlik. Qaytaraman, Aleksandr adashib qoldi. Ammo, u men haqimda aytayotgan har bir gapi yolg'on", - dedi Fedor Emelyanenko.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar