12 iyu 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko azaliy raqibiga qarshi yana jang qilishi mumkin
Fedor Emelyanenkoning navbatdagi raqibi amerikalik Mett Mitrion bo'lishi mumkin.
Rossiyalik og'ir vazn toifasidagi afsona unga to'rt yil oldin birinchi raundda texnik nokaut evaziga yutqazgan.
Bu haqda taniqli sport sharhlovchisi Igor Lazorin "Bellator" prezidenti Skott Kokerga asoslanib xabar berdi.
"Mett Mitrion Fedor Emelyanenkoning navbatdagi raqibiga aylanishi mumkin. Bugun tunda men Bellator prezidenti Skott Koker bilan gaplashdim. U Fedor bu jangni unutmaganligini va revansh olishni istashini aytdi", - deb yozdi sharhlovchi Instagramda.
Havola :
Manba : FightTime
Fikrlar