15 dek 09:08
Yangiliklar

Fedor Emelyanenko ikki raqib nomini oshkor qildi
"Biz 2022 yilning iyun yoki iyul oyida xayrlashuv jangigni o'tkazish masalasini muhokama qildik. SHaxsan o'zim CHeyk Kongo bilan jang qilishni istayman. Agar Valentin Moldavskiy chempionlikni qo'lga kiritsa, u holda Bellator reytingida ikkinchi yoki uchinchi o'rindagi jangchiga qarshi oktagonga chiqaman. Keyin Rayan Beyder bilan kamar uchun jang o'tkazgan bo'lardim", - deydi "So'nggi Imperator".
Kuni kecha Bellator rahbariyati Rayan Beyder va Valentin Moldavskiy o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi Bellator 273 turnirining markaziy jangi bo'lishini elon qilishdi. Ushbu turnir 29 yanvar kuni AQSHning Finiks shahrida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, CHeyk Kongo o'zining so'nggi jangida Sergey Xaritonovni bo'g'ib qo'ygandi. U ayni paytda Bellator og'ir vaznlilar reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Fedor Emelyanenko esa uchinchi pog'onadan joy olgan.
Fikrlar