26 apr 10:10
Yangiliklar

Fedor Emelyanenko Rossiya MMA ittifoqi prezidentiga ultimatum qo'ydi
O'tgan oy oxirida Rossiya MMA ittifoqini tark etgan Fedor Emelyanenko sport federaciyasi rahbari Radmir Gabdullinga o'z iltimosiga ko'ra istefoga chiqishni taklif qildi. Emelyanenko Moskvada MMA ittifoqi prezidiumining 16 azosi ishtirokida yig'ilish o'tkazgan, natijada Gabdullinga ishonchsizlik bildirilgan va ketishni maslahat bergan.
Agar Gabdullin rad javobini bersa, uni 5 iyun kuni Astraxanda bo'lib o'tadigan federaciyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasida lavozimidan chetlashtirishga harakat qilishadi.
Eslatib o'tamiz, Radmir Gabdullin Fedor Emelyanenkoning sobiq sparring sherigi bo'lib, uni "So'nggi Imperator" Ittifoqdagi vorisi etib tayinlagan va keyinchalik bu qaroridan juda afsuslangan.
Fikrlar