25 avg 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko so'nggi jangini qaerda o'tkazishi mumkinligi aytildi
Rossiyalik MMA afsonasi Fedor Emelyanenko faoliyatidagi so'nggi jangini Moskvada o'tkazmoqchi.
Bu haqida Bellator promousheni rahbari Skott Koker aytib o'tdi.
"Ha, biz Fedorning so'nggi jangini Moskva shahrida o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz", - dedi Koker.
Avvalroq, Emelyanenko so'nggi jangini 2020 yilning oxirida o'tkazishi va unga braziliyalik Fabrisiu Verdum raqiblik qilishi haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar