So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

24 may 19:32
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Fedor Emelyanenkodan kaltak egan olti nafar UFC chempioni

MMA afsonasi Fedor Emelyanenko tarixda ko'plab kuchli sportchilar ustidan ishonchli g'alabalarni qo'lga kiritgan.

Bugun «So'nggi Imperator»ning UFC chempionligini qo'lga kiritgan olti nafar aralash qoidalar jangchilarini «kaltaklagan» janglarini esga olamiz.

1 - Antoniu Rodrigu Nogeyra

Nogeyra 2008 yilda UFC kamarini qo'lga kiritgan. Fedor bilan esa 2003 va 2004 yillarda ikki marta jang qilgan. Ikkala bahsda ham «So'nggi Imperator» hakamlarning qarori bilan g'alaba qozongan.


2 - Mark Koulman

Mark Koulman- MMA afsonalaridan biri. U 1997 yilda UFC chempionligini qo'lga kiritgan. Mark va Fedor yaqin do'stlar hisoblanishadi. SHunday bo'lsada ular ikki bor oktagonda bir-biriga qarshi jang olib borganlar. Birinchi jang 2004 yilda tashkil qilingan bo'lib, unda Fedor raqibini birinchi raunddayoq qo'l tirsagi usuli bilan mag'lub etgan. Ikkinchi jang esa, 2006 yilda bo'lib o'tadi. Bu jangda ham Emelyanenko 2 raundda og'rituvchi usul bilan raqibini taslim qiladi.


3 - Kevin Rendlmen

Kevin Rendlmen 1999 yilda UFC chempioni bo'ladi. Fedor va Kevin jangi 2004 yilda o'tkaziladi. Bu jang Fedorning faoliyati davomidagi eng hayajonli jang bo'ladi. To'qnashuvning dastlabki qismida Kevin Fedorni dahshatli usul bilan otib yuborishga erishadi, lekin Fedor hech qanday jarohat olmaydi. Bu usuldan keyin «So'nggi Imperator»ga raqibini mag'lub etishga bir necha daqiqa kifoya qildi.


4 - Tim Silviya

Silviya 2006 yilda UFC chempionligini qo'lga kiritgan. Fedor u bilan 2008 yilda ro'para keladi. Jangning dastlabki daqiqalaridanoq Fedor raqibiga kuchli zarbalar yo'llab, uni bo'g'uvchi usul bilan tutib oladi. SHu tariqa, Timni mag'lub etish uchun Emelyanenkoga bor-yo'g'i 36 soniya etarli bo'ladi.


5 - Andrey Orlovskiy

Andrey UFC kamarini 2005 yilda qo'lga kiritgan. «Pitbull» va «So'nggi Imperator» o'rtasidagi jang 2009 yilda tashkil qilinadi. Bahs birinchi raundning boshida Orlovskiy Fedorni bir nechta kuchli zarbalar bilan «siylagan», lekin Emelyanenko taslim bo'lishni hayoliga ham keltirmaydi. SHundan so'ng Fedor qarshi hujumga o'tib, o'n qo'li bilan raqibiga dahshatli zarba yo'llab, birinchi raunddayoq bahsni yakunlab qo'yadi.


6 - Frenk Mir

Frenk 2008 yilda Antoniu Rodrigu Nogeyrani mag'lub etganidan so'ng vaqtinchalik UFC chempionligini qo'lga kiritadi. Fedor va Mir jangi 2018 yilning 18 aprelda bo'lib o'tadi. Jang birinchi raundning 48-soniyasida Fedor raqibini texnik nokaut bilan mag'lub etadi.


Xorijiy saytlar asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
25 may 13:13:37
WORKOUT
Mirko Crocop afsonaviy jangchi
   
24 may 21:44:28
Bobur Abdurahmanov
Mirconi qoshsaxam boladi bularni orasiga
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing