14 may 19:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson CHendlerga qarata: "CHempionlik jangini senga sovg'a qilishdi"
Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson UFC 262 turniri matbuot anjumanida Maykl CHendlerga berilgan chempionlik jangi haqida gapirdi.
Maykl CHendlerga jurnalistlar o'zining ikkinchi jangidayoq chempionlik jangi berilayotganiga fikri qandayligini so'rashdi. Toni Fergyuson esa ushbu suhbatga aralashdi.
"Sen aldashga urinma. CHendler, sen jirkanchsan. Oliveyradan tashqari bu erdagi hamma mendan orqada turadi.
CHempionlik jangini senga sovg'a qilishdi. Sen Dana Uaytning imtiyoziga ega bo'lding. Dana hamma narsa vaqtga va sharoitga bog'liq deb to'g'ri aytgan. Ular o'z vaqtida mendan titulni iloji boricha uzoqroq tutishdi. Sababi, men meksikalikman", -dedi Toni Fergyuson.
Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson ushbu haftada Beneil Dariushga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar