27 okt 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson - Nurmagomedovga: Ahmoq, tez orada ko'rishamiz! (+FOTO)
Amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson engilmas Xabib Nurmagomedovga murojaat qilib, haqoratli so'zlarni yo'lladi.
Dog'istonlik engilmas chempion Jastin Getjini mag'lubiyatga uchratganidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Aftidan Toni Xabibning bu qarorini hazm qila olmagan ko'rinadi. UFC tomonidan ularning jangini tashkil etish uchun bo'lgan beshta urinishning bari besamara ketgan edi.
Fergyuson o'zining Instagram "storiz"ida Nurmagomedov bilan o'tkazilgan matbuot anjumanidagi suratni joylab, rasm ostida izoh ham qoldirdi.
"Tez orada ko'rishamiz, ahmoq", — deya haqoratli so'zlarni yozgan Toni.
Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson o'zining so'nggi jangida Nurmagomedov muddatidan avval mag'lub etgan Jastin Getjiga texnik nokaut evaziga yutqazgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar