29 okt 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson vaqtinchalik kamar uchun kimga qarshi jang qilmoqchi?
UFC jangchisi Toni Fergyuson Dastin Porega qarshi vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun jang qilmoqchi.
"Men ko'pchilikni jangga chorladim, biroq Dastin menga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini aytdi. Kelinglar, o'rtamizda chempionlik jangini tashkil etamiz. Getji? U yaqinda mag'lub bo'ldi. Menga kamar uchun jang bering. Men chempionlik jangi uchun oktagonga ko'tarilmoqchiman",-dedi Fergyuson.
Eslatib o'tamiz, Xabib UFC 254 kechasida Jastin Getjini mag'lub etganidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qildi. SHu tariqa, unga tegishli bo'lib turgan kamar vakant bo'lib qoldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar