14 okt 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson Xabibning tanqidiga keskin javob berdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Toni Fergyuson engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning fikriga munosabat bildirdi.
Dog'istonlik chempion Fergyusonni ahmoq deb atagan edi.
"Tez orada ko'rishamiz, ahmoq. Sen to'g'ri harakatlana olmaysan. O'zingni yomon xis qilishingning yagona sababi sen to'g'ri yo'l tutmading. Sen mening qo'limdasan, jo'ja", — deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Fergyuson.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov — Fergyuson jangini tashkil etish uchun amalga oshirilgan beshta urinishning bari bekor ketgan edi. UFC prezidenti Dena Uayt har qanday holatda ham oltinchi urinishda bu jangni o'tkazmoqchi ekanini malum qilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar