19 sen 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyusondan so'ng Pore ham 24 oktyabr kuni jang qilmaydigan bo'ldi. Nima uchun?
UFCning engil vaznli sportchisi Dastin Pore 24 oktyabr kuni Bellator'ning sobiq chempioni Maykl CHendlerga qarshi jang qilmaydigan bo'ldi.
Avvalroq CHendler Nurmagomedov - Getji jangi uchun zaxira varianti ekanligi malum qilingandi.
"Kecha Porega CHendler bilan jang taklif qilindi. Ammo ular kelisha olishmadi. Muammolardan biri - gonorar. SHuningdek Pore o'zini qo'llab-quvvatlagan Toni Fergyusonning hurmati sabab ham ushbu jangda ishtirok etishga rozilik bermadi", - deb xabar qildi jurnalist Ariel Xelvani.
Eslatib o'tamiz, Pore gonorar kamligi sabab UFC 254 turnirida jang qilmasligini aytgandi. Keyin esa Fergyuson UFCga Pore uchun kerakli summani to'lab berishi lozimligini talab qilgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar