06 sen 15:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Feruza Kazakova ham Jahon chempionatida muvaffaqiyatli start oldi
Britaniyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha Jahon chempionatining 3-kun bellashuvlari boshlandi.
Musobaqaning ayollar o'rtasidagi bellashuvlarida -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Feruza Kazakova musobaqadagi ilk jangini Panama vakilasi Yuliett Xinestrozaga qarshi o'tkazdi va to'liq davom etgan jangda raqibasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Feruza ikkinchi bosqichda Hindiston vakilasi Zarin Nihatga qarshi jang qiladi.
Bugun kun davomida shuningdek yana 4 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
07:27
"Stranja" turnirining uchinchi kuni o'zbek derbisi kuzatildi. Og'ir vaznli bokschimizda mag'lubiyat 0
Fikrlar