10 sen 22:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Feruza Kazakova JCH yarim finaliga yo'l oldi
Britaniyada boks bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Feruza Kazakova chorak finalda mo'g'ulistonlik Mungunsaran Balsanga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Feruza 5:0 hisobida g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi.
Endi Kazakova yarim finalda Turkiya vakilasi Buse Naz CHakirogluga qarshi jang olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar