10 dek 12:56
Yangiliklar

Feruza Kazakova Osiyo chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi
Musobaqaning ayollar o'rtasidagi bahslarida -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Feruza Kazakova finalda ukrainalik Svitlana Umanskaga qarshi jang o'tkazdi.
Jang to'liq davom etdi. Unda ochkolar hisobiga ko'ra Feruza 5:0 hisobida g'alaba qozonib, terma jamoamiz hisobiga oltin medal qo'shib qo'ydi. Bokschimiz ikkinchi va uchinchi raundda katta ustunlikka erishib, vaziyatni o'z tomoniga og'dirib keta olganini alohida qayd etish lozim. U jang davomida raqibini ikki marotaba nokdaun holatiga ham tushirdi.
Eslatib o'tamiz, biroz avval -48 kg vazn toifasida Farzona Fozilova g'alabaga erishib, oltin medalni qo'lga kiritgandi. Malumot uchun, bugun yana 5 nafar bokschi qizimiz finalda jang o'tkazadi.
Fikrlar