So’nggi yangiliklar

14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0

07 iyu 19:02
Yangiliklar

Futbol

"FIFA o'zini kulgiga qoldirmoqda" - Lotar Matteus

Teglar :  FIFA
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikaciyasi bekor qilingani haqida gapirdi.

"Jahon chempionati bizga ko'plab ajoyib o'yinlar va fantastik muhitni taqdim etdi, ammo hamma narsani kim rasvo qildi? FIFA va siyosat! Donald Tramp FIFAga qo'ng'iroq qilib, Folarin Balogunning diskvalifikaciyasini qayta ko'rib chiqishni so'raganiga iqror bo'ldi. Diskvalifikaciyani bekor qilish haqida qaror qabul qilib, FIFA o'ziga ham, futbolga ham yaxshilik qilgani yo'q. Aksincha! Balogunning Bosniya va Gercegovina bilan o'yindagi chetlatilishi mutlaqo aniq edi, buning ustiga qaror VAR'dan keyin qabul qilingandi. SHunga qaramay, diskvalifikaciya bekor qilindi. Bu shunchaki kulgili! Bu men futbolda ko'rgan eng dahshatli narsadir!

Men yangi turnirlar yoki yangi qoidalarga qarshi emasman. Reklamadan milliardlar ishlab olishga imkon beradigan uch daqiqali "suv ichish" tanaffuslari — bu normal holat. Biz shunday davrda yashayapmizki, ehtimol, futbolning o'zidan ko'ra qolgan hamma narsa muhimroq bo'lib qolgan. Ammo aniq ko'rinib turgan qizil kartochkaning bekor qilinishi — bu misli ko'rilmagan voqea! Bu sportga aralashishdir. Bundan qattiq xafaman. FIFAga qarshi hech qachon hech narsa demaganman, lekin hozir g'azabdaman. Ibora uchun uzur, lekin hozir ko'nglim ayniyapti! Nima uchun boshqa hech bir futbolchi shartli qizil kartochka olmadi? Qolgan hamma lozim bo'lganidek diskvalifikaciya qilindi.

Mezbon davlatlar yoki etakchi futbol mamlakatlaridan bo'lgan o'yinchilar himoya qilinib, kichikroq jamoalarning futbolchilari himoyasiz qolsa, bu endi halol o'yin (fair play) emas. FIFA o'zini kulgiga qoldirmoqda. U sportni oyoqosti qilyapti! Janni Infantinoga qarshi hech qanday adovatim yo'q. Mayli, Donald Trampga xohlasa 10 ta Tinchlik mukofotini topshirsin. Lekin gap aldov va manipulyaciyalarga kelganda — men bu erda chegara tortaman. FIFAning hozir qilayotgan ishi — bu mutlaqo bedodlik va futbol muxlislariga nisbatan xiyonatdir", — deya Matteusning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing