06 apr 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Filipp Xrgovich Angliyada Jo Joysni mag'lubiyatga uchratdi
Manchester shahrida professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida ikki og'ir vaznli - britaniyalik Jo Joys va xorvatiyalik Filip Xrgovich o'zaro to'qnash keldi.
Jang to'liq 12 raund davom etdi va unda Xrgovich hakamlarning yakdil qarori bilan g'alabaga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Xrgovich so'nggi jangini 2024 yilning iyunida Daniel Dyubuaga qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi.
Joys esa iyul oyida Derek CHisoraga ochkolar evaziga yutqazgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar