18 may 11:41
Yangiliklar
Futbol

Finalda mag'lub bo'lgan Gvardiola o'yin haqida nimalar dedi?
Angliya kubogi finali doirasidagi "Kristal Pelas" - "Manchester Siti" (1:0) o'yinidan so'ng "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola fikr bildirdi.
"Biz gol ura olmadik, shuning uchun "Kristal Pelas"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz qo'limizdan kelganini qildik. Bugun biz yanada tajovuzkor bo'ldik. Ammo gol urmasangiz, g'alaba qozona olmaysiz.
Mening futbolchilarim juda yaxshi o'ynashdi, o'tgan mavsumda "Manchester Yunayted"ga qarshi finalda bunchalik yaxshi harakat qilmagandik. Futbol bazida shunday bo'ladi. Oxirida ajoyib imkoniyat yaratdik, to'p uzatishda yaxshi harakat qildik. Ha, afsuski, g'alaba qozona olmadik, ammo “Kristal Pelas”ni tabriklayman”, — dedi Gvardiola.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar