12 apr 12:27
Yangiliklar

Finalda o'zbek derbisi. Muhsin kuchlimi yoki Asror polvon?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirida dunyoning ko'plab davlatlaridan sara kurashchilar gilamga chiqyapti. Yurtimiz sharafini Rizamat Soliev murabbiyligidagi terma jamoamiz kurashchilari himoya qilishmoqda.
Biroz avval 50 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oluvchi "Zeinal-Khan Traditional Wrestling Arena"da yarim final bellashuvlari o'tkazilib, finalga yo'l olgan kurashchilar malum bo'ldi. Ular orasida 3 nafar o'zbekistonlik kurashchilar ham bor.
Alixon Nodirov 1/2 finalda tojikistonlik Haqnazar Nazarovni, Asror Hamidov bir daqiqada yana bir tojik kurashchisi SHarifjon Nazirovni, Muhsin Hisomiddinov esa bir yarim daqiqada rossiyalik polvon Anton Brachovni mag'lubiyatga uchratdi. Finalda o'ziga xos o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Muhsin polvon Asror polvonga qarshi!
Fikrlar