08 iyu 10:45
Yangiliklar
Sport kurashlari
Firuza Esenbaeva Osiyo chempionati sovrindori
Bahrayn poytaxti Manama shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U15) va yoshlar (U20) o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Ayollar kurashi musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Firuza Esenbaeva Osiyo chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi. 68 kg vazn toifasidagi vakilamiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Kumi Kobayashiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 10-0!
Afsuski, Mushtariy Tolipbekova (50 kg) bronza medali uchun kechgan uchrashuvda mo'g'ulistonlik Zoljargal Enxbatga 3-4, Aysanem Qurbanbaeva (55 kg) qozog'istonlik Altin SHagaevaga 0-11, Diyora Abitova (59) esa qozog'istonlik Madina Amanga 6-9 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar