19 may 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Fiziev: "Maxachev bilan jangga tayyorlanyapman"
Qirg'izistonlik MMA jangchisi Rafael Fiziev Islam Maxachev haqida gapirdi.
"O'ylaymanki, Islam navbatdagi chempion bo'ladi, bunga ishonchim komil. CHempionlik kamari haqida o'ylaganimda hayolimga Islam keladi va men u bilan jangga tayyorgarlik ko'ryapman. Uning ajoyib zarbasi, reakciyasi, kurash va grepplingi bor. U kuchli va katta muxlislar auditoriyasi bor.
Agar barchasi reja bo'yicha ketsa, dos Anosni mag'lub etganimdan so'ng yana bitta jang o'tkazaman va chempionlik kamari uchun urishaman. Balki bu Jastin Getji yoki Dastin Pore bo'lishi mumkin. Men ikkita g'alabaga erishaman va kamar uchun imkoniyatni qo'lga kiritaman", - dedi Fiziev.
Eslatib o'tamiz, Fiziev 9 iyul kuni Las-Vegasda Rafael dos Anos bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar