20 avg 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Fiziev: "Maxachevda imkoniyat ko'proq, u har kuni Xabib bilan kurashga tushadi"
Qirg'izistonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi chempionlik jangi haqida fikr bildirdi.
"Maxachevning imkoniyati ko'proq, degan bo'lardim, taxminan 60 ga 40 uning foydasiga. Bu mening shaxsiy fikrim. Islam parterda juda yaxshi harakat qiladi, u kuchli. U har kuni Xabib bilan kurashga tushadi, shunday ekan, uning prepplingi ajablanarli emas.
Lekin shuni yodda tutish kerakki, Oliveyra - gangster, u jangning har bir soniyasida xavfli", - deya Fizievning so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Eslatib o'tamiz, Rafael Fiziev so'nggi bor 10 iyul kuni braziliyalik Rafael dos Anosga qarshi jang qilgan edi.
Iyul oyi boshida Rafael Fizievning nomalum muddatga safdan chiqqani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar