04 jan 11:06
Yangiliklar

Fiziev Toni Fergyuson va Rafael Dos Anos dialogiga qo'shildi
Qirg'izistonlik yakkakurash ustasi Rafael Dos Anosni o'z chorloviga javob bermayotgani va aksincha Toni Fergyuson bilan revansh jangi o'tkazishga intilayotganini qoraladi.
"Toni Fergyuson, 19 fevral kuniga rejang qanday? Men o'z tomonimdan UFC`ga yashil chiroq ishorasini berdim, yani shu kuni jang o'tkazishga tayyorligimni aytdim", - deya Tvitter sahifasida Toniga murojaat yo'llagan Dos Anos.
"Ey, oshna! Ijozat ber, men o'z kotibim bilan gaplashib olay. Sen esa aloqada qol", - deya bu murojaatga javob qaytargan Fergyuson.
Bu orada qirg'izistonlik "Ataman" braziliyalik takliflari hamon kuchda ekanini eslatib qo'ydi.
"Men sen aytgan kuni jang qilishga tayyorman. Buni UFC`dagilarga ham aytdim", - deya Dos Anosga yuzlangan Fiziev.
"Rafa, Rafa, Rafa. Kecha – bu tarix. Ertaga – mavhumlik. Bugungi kun esa – bu sovg'a. Kel, UFC`da kim kuchli ekaniga oydinlik kiritib olamiz, Rafa!", - deya qo'shimcha qilgan "Ataman".
Fikrlar