26 fev 16:19
Yangiliklar

Floyd Meyvezer ayni paytdagi eng yaxshi P4P jangchisi kimligini aytdi. U Usik yoki Bivol emas!
Faoliyatini mag'lubiyatsiz yakunlagan amerikalik 47 yoshli Floydning tanlovi yarimog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol yoki superog'ir vazn toifasida asosiy kamarlarning uchtasini o'z qo'lida ushlab turgan Aleksand Usik emas.
"Menimcha, Terens Krouford ayni paytda vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi bokschisi bo'lib turibdi. U o'z faoliyatining eng cho'qqisida. Uning ajoyib oilasi bor. Ayrimlar mening tanlovimga qo'shilmas, lekin bu mening shaxsiy fikrim", — deya Meyvezerning so'zlarini keltiradi Give me Sport.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Krouford professional boksdagi debyutini 2008 yilda nishonlagan. Hisobida 41 ta g'alaba bor. So'nggi jangini o'tgan yili hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Hozirda u yarimo'rta vaznda WBC, WBA Super hamda The Ring kamarlari sohibi bo'lib turibdi.
Fikrlar