05 fev 18:52
Yangiliklar
Floyd Meyvezerda sud ishi: Bokschi o'zini 340 million dollarga aldangan deb hisoblamoqda
Meyvezerning aytishicha, unga Konor Makgregor va Menni Pakyao bilan bo'lgan janglar uchun to'lovlar to'liq berilmagan. Uning takidlashicha, Showtime va telekanalning sobiq rahbari Stiven Espinoza pullarni Floydning sobiq menedjeri El Xeymon nazoratidagi bank hisoblariga o'tkazgan.
Floydning fikricha, Xeymon uning gonorarlaridan 340 million dollar miqdordagi mablag'ni o'zlashtirgan.
Meyvezer jamoasi avvalroq Showtime moliyaviy hisobotlariga kirish imkoniyatini so'ragan. Telekanal esa hujjatlar "suv toshgan paytda yo'qolgani"ni malum qilgan.
Meyvezer va Makgregor 2017 yil avgust oyida Las-Vegasda boks jangini o'tkazgan. Floyd 10-raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongan. 2015 yilda esa Meyvezer Pakyaoni mag'lub etgan.
Fikrlar