20 may 09:28
Yangiliklar
Forbes dunyoning boy sportchilari reytingini elon qildi
Forbes reytingi 2021 yilning 1 mayidan 2022 yilning 1 mayigacha bo'lgan muddatni o'z ichiga oladi. Ro'yxatga 50 nafar sportchi kiritilgan bo'lib, uning TOP-10`taligida jangchilar orasida birgina bokschi Saul Kanelo Alvaresni ko'rish mumkin. Meksikalik bokschining bir yillik daromadi 90 mln dollarni tashkil qilgan.
2021 yilda Konor Makgregor Forbes tomonidan elon qilingan reytingda birinchi o'rinda qayd etilgandi. O'shanda irlandiyalik $ 180 mln dollar bilan reyting etakchisi bo'lgan edi. Bunga Makgregorning o'ziga tegishli Proper No. 12 viski brendi nazorat paketini sotgani sabab bo'lgandi. Bu galgi reytingda Konor 35-o'rinda qayd etilgan va shunga qaramay, u aralash yakkakurashchilar orasida hamon peshqadam.
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni britaniyalik Tayson Fyuri 62 mln dollar daromad bilan reytingning 18-pog'onasidan joy olgan.
Fikrlar