21 avg 21:21
Yangiliklar
Formula-1. Saudiya Arabistoni poyga olamiga nimalarni vada qilmoqda?
Saudiya Arabistonining kuchli debyuti
Saudiya Arabistoni 2021 yilning 5 dekabr kuni Formula-1 ning so'nggi bosqichini o'tkazadi. Arablar Jidda shahrida bo'lib o'tadigan shahar poygasi, Formula-1 dagi debyut qanday bo'lishini to'liq namoyish etdi. Ilgari, Yaqin SHarqdagi neft monarxiyasi avtosportga vaqti-vaqti bilan tasir ko'rsatar edi: asosiy yutuq “Uilyams”ning 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshidagi g'alabalarini moliyalashtirish edi. Ammo so'nggi mavsumlarda hamma narsa o'zgardi: qirollik butun dunyo bilan ko'prik qurish va sayyohlik uchun jozibali kuchga aylanish rejasiga o'tdi va buning uchun qonunlarni isloh qildi (asosan shariat qonunlari bilan bog'liq) va birinchi navbatda avtosport orqali nihoyatda qattiq absolutistik diktatura obro'sini yo'qotishga kirishdi.
Poyga uchun sarmoyalar ko'lami shunchaki hayratlanarli: avvaliga “Formula E” va “Dakar” Saudiya Arabistoniga etib keldi va 2020 yildan beri mamlakatning asosiy neft kompaniyasi (va dunyodagi eng qimmat korporaciya) “Saudi Aramc” F-1 bilan homiylik shartnomasini imzoladi. Mavsum uchun 40-45 million dollar to'lash majburiyati bilan (Sport Business malumotlari).
Keyingi qadam Jidda shahriga Gran-pri turnirini olib kelish huquqi to'g'risidagi bitim edi. Buning uchun arablar 10 yil davomida 660 million to'laydilar (bu rekord ko'rsatkich). Va albatta, bunday katta miqdorni oqlash uchun trek ham, poyga ham butun dunyo uchun katta darajada “portlash” bo'lishi kerak. SHuning uchun Saudiya Arabistoni Avtosporti prezidenti shahzoda Xolid Bin Sulton Al-Faysal trekni: “Dunyodagi eng yaxshi va tezkori”, - deya elon qildi.
Mart oyida “Formula-1” bilan birgalikda mana shu bosqich promouteri o'zining konfiguraciyasi va poyga maydoni joylashishini namoyish qildi. Arablarning tarixiy harakati o'zini oqlaydiganga o'xshaydi.
253 km / soat o'rtacha tezlik shahar yo'llari uchun eng yuqori ko'rsatkichdir. SHuningdek, 27 burilish, 3 DRS zonasi va qirg'oq bo'ylab 6,2 kilometrli yo'l bo'ladi
Poyga yo'lini loyihalash uchun so'nggi o'n yilliklarning eng taniqli poyga memorlaridan biri - Herman Tilke jalb etildi (Sochi Avtodrom loyihasi, Xanoydagi bomba izi, poygachilarning sevimli “Amerika Trassasi”, eng yaxshi durdona “Sepang” va “Istanbul parki”, SHanxay, Singapur va Valensiyadagi shahar yo'llarini ishlab chiqqan). Ammo endi, tarixda birinchi marta germaniyalik Ross Braun boshchiligidagi dizaynerlar byurosi “Formula-1” sport bo'limiga, Tilke jamoasiga maslahat berdi va mumkin bo'lgan konfiguraciyalar bo'yicha avtomobilning tezligi va asosiy xususiyatlarini simulyaciya qilishga yordam berdi. Avtodromlar ilgari hech qachon bunday ilmiy yondashuv bilan qurilmagan edi.
Ho'sh, nima bo'ladi?
Jidda shahridagi trassa taqvimdagi ikkinchi eng tezkori bo'ladi - soatiga 252,8 km. Tezkorlik bo'yicha faqat Monzadagi “tezlik ibodatxonasi” (soatiga 264,4 km)dan ortda qoladi. Ha, afsonaviy “Spa” va “Silverstoun” ortda qoldi.
Aytgancha, poyga trassasi shahar treklari orasida tarixda birinchi o'rinni egallaydi: Avstraliyaning “Albert Park”i (soatiga 237,2 km) hali ham mavqega ega, ammo F-1 sport bo'limining hisob-kitoblari shuni ko'rsatadiki, Melburnning etakchiligi uzoq davom etmaydi.
SHu bilan birga, Jidda shahridagi trek to'g'ri yo'llardan tashkil topmagan: unda 27 burilish mavjud - bu zamonaviy taqvim bo'yicha rekorddir (Singapurning “Marina Bay”ida 23 burilish mavjud).
Burilishlarning ko'pligi memorlarni trassani 6.175 kmga - Boku Gran-prisidan ham uzoqroqqa cho'zishga majbur qildi! Taqvimdagi barcha poyga sxemalari orasida Jidda etti kilometrlik “Spa” dan keyin faxrli ikkinchi o'rinni egallaydi. SHunday qilib, shayxlar aldamadilar - ular bu bosqichni qirollik miqyosida o'tkazadilar.
“Biz odatdagi tanish shahar trekini taqdim qilmoqchi emasmiz”, - dedi mamlakat avtomobil federaciyasi rahbari qishda Cross-Country Rally kanaliga bergan intervyusida. "Bizning maqsadimiz yangi narsalarni taklif qilish. Bazi shahar treklari hayajonli emas. O'tish imkoniyatlari yo'q, bu zerikarli bo'lishi mumkin. SHunday qilib, bizning g'oyamiz avtosport uchun katta loyihani, katta shaharni qurishdir. Sizga vada beramanki, Saudiya Arabistonida poyga odatiy bo'lmaydi. Bu juda hayajonli bo'ladi, bizni quvib o'tish esa juda qiyin bo'ladi. Saudiya Arabistonidagi trek dizayni nafaqat zamonaviy shahar trassasining eng yaxshi tomonlarini yoritib beradi, balki yuqori tezlik va quvib o'tish imkoniyatlari uchun tezkor bo'limlarga ega”, - deb tasdiqladi Ross Braun.
Tomoshabinlar trassadagi bolidlar jangini xohlashadi. Ehtimol, birinchi Gran-prida ko'plab baxtsiz hodisalarni kutish kerakdir. Ha, kuchli tormozlanish zonalari, deyarli yo'q sxemaning silliq tabiati poygani haqiqiy festivalga aylantiradi.
Qizil dengiz qirg'og'i ham juda chiroyli, ammo poyga allaqachon xavf ostida:
faollar Xemiltondan bu bosqichni boykot qilishni talab qilishdi
Saudiyaliklar nafaqat o'zlarining obro'larini eng yaxshi voqealar orqali oqlashni xohlashadi, balki butun dunyoga mamlakatning eng go'zal joylari haqida gapirib berishadi. Darhaqiqat, Jiddada haqiqatan ham go'zallikni ko'rish mumkin. Axir trek Qizil dengiz sohilida maxsus qurilgan. Asosiy stend chiroyli lagunaning yonida.
Ha, biz Abu-Dabidan kelgan Monako va Yas Marinaning aqldan qimmatbaho trassasini kutmoqdamiz. Saudiyaliklar hashamat haqida ko'p narsalarni bilishadi. SHunday qilib, Formula-1ning mahalliy bosqichini kamida 10 yil ushlab turish rejalaridan hayron bo'lmaslik kerak.
“Biz kamida o'n yil hamkorlik qilishni orziqib kutayapmiz, agar undan ham uzoq bo'lmasa”, - deb tasdiqladi chempionat poygasi promouterlari direktori Xloya Targett-Adams. "Yangi kalitli bozorga kelganingizda, sarmoya kiritishga qodir bo'lish muhim. Bu ajoyib va madaniyatli mamlakat va biz birgalikda ishlashni boshlash uchun kutishimiz shart emas. Biz u erda poyga o'tkazishimizdan juda mamnunmiz, bu F-1ning Osiyodagi uzoq muddatli istiqbollariga mos keladi. F-1 Saudiya Arabistonida katta va yosh aholi, avtosport hamda avtomobilsozlik sohasiga qiziqish borligini bilgan holda poyga o'tkazish juda qiziq”, - dedi Xloya Targett-Adams.
Ayollar huquqlarini buzish, jurnalistlarni o'ldirish - o'ta qattiq qonunlarmi? Aftidan, asosiy poyga seriyalari mayda-chuyda narsalarga ahamiyat bermaydi
Targett-Adams mamlakatda inson huquqlari masalasiga izoh berar ekan: “Savol berish juda muhim. SHartnoma nuqtai nazaridan bizda inson huquqlari, mehnat va xodimlarimizga bo'lgan munosabat bilan bog'liq talablarlar mavjud. Ushbu masalalar bo'yicha biz promouter va mamlakat hukumati bilan yaxshi aloqadamiz”, - deya izoh berdi.
Ayni paytda, uning bahonalari mahalliy va jahon huquq himoyachilari tomonidan unchalik ishontirilmadi: faqat 25 fevralda 45 ta tashkilot darhol Formula-1ning asosiy faoli Lyuis Xemiltonga murojaat qilib, siyosiy sabablarga ko'ra bosqichni boykot qilish iltimosi bilan murojaat qildi. Etti karra chempionga o'tgan yil noyabr oyida ushbu mavzuda gaplashishni iltimos qilishgan, ammo keyinchalik u vaziyatni tushunish zarurati bahonasida rad etgan edi. Endi u hamma narsani o'rganish uchun etarli imkoniyatlarga ega bo'ldi.
Ehtimol, siyosat hozir ham shunchaki fon bo'lib qolishi mumkin va dekabr oyida Formula-1 butun dunyoga mamlakat ichidagi haqiqiy vaziyat o'rniga eng go'zal Arabiston Jiddasini namoyish etar.
Xurshida Abdikulova tarjimasi
Fikrlar